Artemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Artemiya (Artemia salina) – jabraoyoqlilar turkumiga mansub qisqichbaqasimonlarning bir turi. Uz. 0,8 – 1 sm. Erkagining antennasi tutuvchi organga aylangan boʻlib, kuyikish dav-rida urgʻochisini ushlab turish uchun xiz-mat qiladi; antennalari ipsimon, tuxum xaltasi bitta. Turli darajada shoʻrlangan koʻllar, koʻlmak suvlari va dengiz limanlarida tarqalgan. Suv shoʻrlanishining juda keng chegarada oʻzgarishiga (40 dan 230% gacha) moslashgan. Korin boʻlimi uchidagi ayrisining rivojlanishi suvning shoʻrlanishiga qarab oʻzgarib turadi (shoʻrlanish qancha kam boʻlsa, ayri shun-cha uzun boʻladi). Oʻzbekistonning choʻl va dashtlarida sizot suvlardan hosil boʻlgan koʻllarda, zovur suvlarida koʻp uchraydi. A. baliqlarga oziq sifatida maxsus zavodlarda koʻpaytiriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Artemiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil