Artemiy Lebedev
Artemiy Andreyevich Lebedev | |
---|---|
Арте́мий Андре́евич Ле́бедев | |
![]() Lebedev 2008-yil dekabrida | |
Tavalludi |
13-fevral 1975-yil |
Fuqaroligi | Rossiya |
Otasi | Andrey Lebedev |
Onasi | Tatyana Tolstaya |
Artémiy Andréyevich Lébedev (13-fevral 1975) mashhur rus dizayneri, ixtirochisi,[1] Artemiy Lebedev Studiyasining asoschisi, badiiy rahbari hamda egasidir.[2]
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Artemiy Lebedev 1975-yil 13-fevralida Moskvada filolog Andrey Lebedev va adiba Tatyana Tolstaya oilasida tugʻildi. 274-, 583- и 57-maktablarda oʻqidi. Maktabdan keyin Moskva Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga kirdi, 2-kursdan keyin universitetdan ketdi.
1992-yili hamkori bilan A-kvadrat studiyasini ochib, yil oxirigacha unda ishladi. 1993-yil yanvarida Artografika studiyasini ochdi, unda u grafika, poligrafiya, kalligrafiya va boshqa dizayn bilan shugʻullandi. 1993-1995-yillarda MakSentr kompaniyasida art-direktor boʻlib ishladi.
1995-yili WebDesign studiyasiga asos soldi, uch yildan keyin uni Artemiy Lebedev Studiyasi deb nomladi. Bu studiya hozirda Runetdagi eng yirik studiyalardan biriga aylangan. 2001-yildan Artemiy Lebedev Studiyasi sanoat dizayni bilan ham shugʻullanib kelmoqda.
Notijorat loyihalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Patentlari: 59282, 65260, 76477, 76478
- ↑ http://www.tema.ru/jjj/af/1.jpg
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Artemiy Lebedev Studiyasining sayti (rus.)
- Artemiy Lebedevning bosh sahifasi (rus.)
- Artemiy Lebedevning jonli jurnali (rus.)
![]() |