Artavazd Melikkaramyan
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Melikkaramyan Artavazd Sarkisovich (1898, Karki — 1970, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968); tibbiyot fanlari doktori (1944). Oʻrta Osiyo universiteti tibbiyot fakultetini tugatgach, terapiya klinikasi ordinatori (1924—27), terapiya kafedrasi assistenti (1927—31). Onkologiya boʻlimi (1931—36), eksperi-mental onkologiya laboratoriya mudiri (1936— 43), terapiya kafedrasi mudiri (1943— 66), sanitariya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi mudiri (1966—69). Oʻrta Osiyo ilonlari (kobra)dan zahar—kobratoksinni ajratib olgan. Oʻpkada yiringli jarayon boʻlganda oʻpka ichiga penitsillin yuborishni tatbiq etgan. Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo ilonlari zaharining ayrim fiziologik va patologik jarayonlari taʼsirini oʻrganishga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |