Arslonning sarguzashtlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arslonning sarguzashtlari
Rejissyor(lar) Georgiy Bzarov
Ssenariynavis(lar) Yuriy Stepchuk
Rollarda Muhamedjon Rahimov, Tamila Muhamedova, Melis Abzalov, Dilorom Qambarova
Bastakor(lar) Aleksandr Zatsepin
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1988
Davomiyligi 128 min.
Mamlakat OʻzSSR
Til ruscha

"Arslonning sarguzashtlari" — 1988-yilda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi tomonidan chiqarilgan ikki qismli bolalar badiiy filmi. Uning rejissori — Georgiy Bzarov.[1]

Filmning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yovuz sehrgar- Qorashoh oʻzining sehrli tasbehidan (ochkoʻzlik va qoʻrquvlik,  nomardlik va tigʻyogʻlamalik) foydalanib, ovchi Sherni sehrlab, uni yovvoyi itga, Moviy togʻning mehnatkash ustasini dangasa odamga aylantirib, nabirasi Yulduzni xudbin qilib qoʻyadi. Soddagina Leshak jodugarlik tufayli ayyor va makkor boʻlib qoladi.

Yovuz jodugar Sariajal ham tasbehni oʻziga oʻzlashtirmoqchi boʻladi va bir muncha vaqt tasbehga oʻz hukmini oʻtkazib turadi.

Bunday makkor yovuzlarni magʻlub etishning yagona yoʻli — Adolat toshini sehrli tasbehga biriktirish orqali edi. Ana shunda Qorashoh yengilishi mumkin.

Film qahramoni Arslon esa yovuzlar ustidan gʻalaba qozonib, Qorashohning yovuz afsunini parchalab tashlaydi.

Film musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiqlarga bastakor Aleksandr Zasepin kuy bastalagan va shoir Yuriy Entin tomonidan yozilgan. Ularni Tatyana Ansiferova, Igor Borisov, Janna Rojdestvenskiy va Svetlana Stepchenkolar ijro etishgan.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muhamedjon Rahimov — Arslon.
  • Tamila Muhamedova — Yulduz, Moviy togʻ egasining nabirasi.
  • Melis Abzalov — yovuz sehrgar Qorashoh, chayonga aylana oladi.
  • Dilorom Qambarova — Sariajal, yovuz sehrgar, qirqoyoqqa aylana oladi.
  • Xayrulla Sagdiyev — Qoʻrquv timsoli, Qorashohning xizmatkori, keyinroq Sariajalning xizmatkori.
  • Abdujalil Boʻriboyev — Ochlik timsoli, sehrgar Qorashohning xizmatkori, keyinroq Sariajaalning xizmatkori.
  • Abduhamid Gʻofurov — Moviy togʻlar ustasi.
  • Vohid Qodirov — Leshak, Moviy togʻlar sohibi xizmatkori.
  • Anvar Kenjayev — Qorashoh qoʻriqchilari boshligʻi.
  • Matyoqub Matchanov — Taran, toshboʻron ustasi, Arslonning ustozi.
  • Jambul Xudaybergenov — Shayton-Sher, jodulangan ovchi Sher, Qorashohning xizmatkori, keyinchalik Arslonning doʻsti.
  • Klara Jalilova — tovuqli ayol.

Tomosha qilish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Приключения Арслана. Сказка. Серия 1 (1988) Youtube.com

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [ПРИКЛЮЧЕНИЯ АРСЛАНА (1988)] Kino-teatr.ru