Arslon Xoja Tarxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arslon xojatarxon − 15-asr bi-rinchi yarmida yashagan davlat arbo-bi, shoir. Ulugʻbekning ishonchli amirlaridan. Sabron shahri hokimi boʻlgan. Sakkokiy maʼlum davr uning saroyida yashagan.Arslon Xoja Tarxon zukko olim va iqtidorli shoir boʻlganligi qator manbalarda qayd etilgan. Arslon Xoja Tarxon oʻz saroyida ijodkorlar yigʻini oʻtkazishni xush koʻrgan. Qadimgi tur-kiy qoʻlyozmalarni maxsus koʻchirtirgan va baʼzi asarlarni arab, fors, turkiy tilga tarjima qildirgan. Arslon Xoja Tarxon turkiy adabiy til va tur-kiy (uygʻur) yozuvning bi-limdoni boʻlgan. U Ahmad Yugnakiynij „Hibat ul-haqoyiq“ dostonini uygʻur yozuvida koʻchirtirgan (1444), qoʻlyozma oxiriga Adib Axmad haqidagi „Adibning yeri oti Yugnak erur, Sifoti ajab yer, koʻngillar yorur…“ misralari bilan boshlanuvchi oʻn baytli masnaviyini ilo-va qildirgan. Arslon Xoja Tarxon ijodidan hozircha faqat shu 20 satr masnaviy maʼlum. Shoir haqida baʼzi maʼlumotlar Sakkokiy qasidalarida, Shotibiyning „Qur’on oʻqish sanʼati haqida“gi risolasi tarjimasining de-bochasida uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil