Arslan Kacar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arslan Kacar
Tavalludi 1954-yil 1-mart
Vafoti 2012-yil 9-may
Turkiya Istanbul

Arslan Kacar (1954-yil 1-mart, Elaziğ) turk teatr va kino aktyori, rejissyor, rassom, yozuvchidir[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arslan Kacar Turkiyaning Elaziğ viloyatida tug‘ilgan. 1965-yilda uning "Yakarish" she’riy kitobi nashr etilgan. 1968-yilda u o‘rta maktabdagi sakkiz do‘sti bilan Elaziğ viloyati teatrini tashkil etgan. 1970-1972-yillarda rasm chizish bilan shug‘ullangan. Kacar 1975-yilda Istanbul Universiteti konservatoriyasining teatr bo‘limiga o‘qishga kirgan. Professional aktyorlik karerasini 1975-yilda Kenterler teatrida boshlagan va o‘sha yili Istanbul shahar teatriga ishga o‘tgan. 1982-yil 12-sentyabrda davlat to‘ntarishida qatnashganlikda aylanib hibsga olingan va universitetdan haydalgan. O‘sha paytda Arslan Kacar Istanbul Universitetining Adabiyot fakulteti falsafa bo‘limida tahsil olayotgan edi. 1402-sonli qonun bilan teatrda ham haydalgan. Oradan 3 yil o‘tgach u oqlangan va ozodlikka chiqarilgan.


Kacar Kino karerasini 1977-yilda Güney filmida aktyor sifatida boshlagan. Boshar Sabuncu, Ömer Kavur, Memduh Ün, Yeşim Ustaoğlu, Dervish Zaim kabi rejissyorlarning filmlarida yordamchi rejissyor bo‘lgan Kacar, „Yunus Nadi“ ssenariysi bilan ilk mukofotini qo‘lga kiritgan. Shuningdek u Turkiyada film suratga olishda Germaniya, Fransiya. Britaniya va Daniya jamoalari bilan ishlagan[2]. Arslan Kacar 2012-yilning 9-mayida yurak xurujidan vafot etgan.

Ishtirok etgan filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jannatni kutaman - 2005-yil Dervish Zaim

Loy-2002-yil Dervish Zaim

Farishtalar uyi - 2000-yil Omer Kavur

Chayonning sayohati - 1997-yil Omer Kavur

Sham hidli ayollar - 1996-yil Irfan Tözüm

Gravity Loves - 1995-yil Omer Kavur

Sevgi haqida aytilmagan hamma narsa - 1995-yil Memduh Un

Iz - 1994-yil Yeshim Ustaog‘lu

Uzoq va tor yo‘l - 1991-yil Tunch Başaran

Ahmet Hamdi Beylar oilasi - 1991-yil Usmon F. Seden

O‘lik dengiz - 1989 Atif Yilmaz

Bizdan biri: Yunus Emre - 1989-yil Arslan Kacar

Qalblar sultoni Mavlono - 1989 -yil Arslon Kacar

Tuman - 1988-yil Zülfü Livaneli

Qayta tug‘ilgan (seriya) - 1987-yil Usmon F. Seden

Sharmandalik yillari - 1987-yil Usmon F. Seden

Tungi sayohat - 1987-yil Omer Kavur

Anayurt mehmonxonasi - 1987-yil Omer Kavur

Ona Hacer va uning o‘g‘illari - 1987-yil Usmon F. Seden

Shirin bulbul - 1985-yil Mehmet Aslan

Yalang‘och fuqaro - 1985-yil Boshar Sabuncu

Baxtli ishchi - 1980-yil Atif Yilmaz

Dushman - 1979-yil Zeki Ökten

Kutish - 1977-yilyil Yavuz Sezer

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Arslan Kacar“. 22-may 2015-yil. Türk Sineması Araştırmaları. 22-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Arslan Kaçar kim“. www.kimkimdir.net. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.