Arsenopirit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arsenopirit (mishyak kolche-dani) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi FeAsS. Qoʻshimchalari: So, Ni, Ai. Qattiqligi 5,5 — 6. Arsenopirit 5,9 — 6.3. Rangi kumush tusli oqdan kulranggacha. Metallsimon yaltiroq, moʻrt, donador va choʻziq agregatlardan iborat boʻlib, kristall shaklida ham uchraydi. Koʻpincha gidrotermal konlarning yuqori va oʻrta temperaturali zonalarida kvars, pirit kabi minerallar bilan uchraydi. Asosan mishyak, oz miqdorda kobalt va oltin olinadigan mineral. Oʻzbekistonning deyarli barcha polimetall konlarida uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil