Arratumshuq baliqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arratumshuq baliqlar (Pristidae) — skatlar turkumi oilasi. Uzunligi 6 m gacha, ogʻirligi 2400 kg gacha. Tanasi yassi, koʻkrak suzgichlarining chetlari boshi bilan qoʻshilib ketgan, ja-bra yoriqlari boshining ostki tomonida. Uzun tumshuqqa aylangan boshining yoni boʻylab tishga oʻxshash oʻsimtalari boʻlganligi uchun shunday nom beril-gan. 7 turi maʼlum, tropik va subtro-pik dengizlarda, tropik chuchuk suvlarda tarqalgan, suv tubida hayot kechiradi, tirik tugʻadi. Oddiy arratumshuq (Pristis pectinalis) keng tarqalgan. Atlantika, Tinch va Hind okeanlari dengizlari-da, jumladan Oʻrta dengizning sohilga yaqin uncha chuqur boʻlmagan joylarida, Amerika daryolarida uchraydi. Avstra-liya arratumshugʻi (P. leichhardti) arrasi yordamida suv tubidagi loydan har xil umurtqasiz hayvonlarni kovlab olib yeydi, baʼzan mayda baliqlar bilan ham oziqlanadi. Odam uchun xavfli emas.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil