Kontent qismiga oʻtish

Arqon tutish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arqon tutish — turkiy xalqlar toʻy marosimidagi qadimgi udumlardan biri. Kelinni kuyovnikiga olib kelayotganlarida kelinning qoʻshnilari, yaqinlari, mahalla va qishloq yigitlari aravaning yoʻlini toʻsib, sovgʻa va inʼom talab qiladi. Buning uchun argʻamchi tortib yoʻlni toʻsadilar. Arqon tutgan kishilarga kelin tomonidan oldindan tayyorlab qoʻyilgan noz-neʼmatlar, belbogʻ, roʻmolcha yoki pul berishgan. Bu udum Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida mavjud. Kelin xoh otda, xoh arava yoki mashinada boʻlsin, yoʻl-yoʻlakay bolalar yoʻl toʻsishgan. Garchand kelin tushgan ulov bu toʻsikdan bemalol oʻtib ketishga qodir boʻlsa ham, bunday qilinmagan. Aksincha qizning onasi baholiqudrat berib yuborgan tugundan nonmi, boʻgʻirsoqmi, qatlamami berilib, arqon tutuvchilarning koʻngli xushnud etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil