Arpabodiyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arpabodiyon (Anisum) – zira-doshlar oilasiga mansub bir yillik o‘tlar turkumi; 2 turi bor. O‘zbekistonda oddiy A. (A. Vulgare) ekiladi. Uning pastki barglari buyraksimon (yoki uch bo‘lakli), yirik arra tishli, yuqoridagilari ipsimon bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gullari mayda, oq, murakkab soyabonga to‘plangan. A.ning mevasi tar-kibida 3,2%, ba’zan 6% gacha efir moyi va 28% gacha boshqa moylar bor. Efir moyi tarkibida 90% gacha anetol bo‘ladi. Mevasi va efir moyidan tayyorlangan preparatlar balg‘am ko‘chiruvchi sifatida qo‘llaniladi. A. mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil