Aron Lynas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aron Lynas
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 19-aprel 1996-yil (1996-04-19) (28 yosh)
Tavallud joyi Kirkcaldy, Shotlandiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Dumbarton
Raqami 12
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Cowdenbeath 0 (0)
2015—2016 Alloa Athletic 1 (0)
2015—2016East Stirlingshire (ijara) 15 (0)
2016—2019 Brechin City 73 (1)
2019—2022 Albion Rovers 75 (0)
2022 Dumbarton 14 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Aron Lynas (talaffuzi: Aron Linas)(1996-yil 19-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Aron Lynas Shotlandiyaning ikkinchi ligasi vakili „Dumbarton“ klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. U shuningdek, „Cowdenbeath“, „Alloa Athletic“, „East Stirlingshire“, „Brechin City“ va „Albion Rovers“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aron Lynas Fifening Kirkcaldy shahrida tugʻilgan. Lynas oʻzining futbolchilik faoliyatini „Cowdenbeath“ futbol klubida boshlagan. Aron Lynas birinchi marta 2013-yil 21-dekabrda Shotlandiya chempionatida „Reaith Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:3) zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi[1]. Mavsum davomida va keyingi mavsumlarda Aron Lynas yana oʻnta liga oʻyinlari uchun asosiy tarkibga kiritilgan, ammo birorta ham oʻyinda maydonga tushirilmadi. 2015-yilning 21-mayida, klub Shotlandiya Birinchi ligasiga tushib ketganidan soʻng, Aron Lynas klub tomonidan qoʻyib yuborilgan olti nafar futbolchidan biri edi[2].

Lynas „Alloa Athletic“ futbol klubi bilan Shotlandiya chempionatiga qaytdi. Aron Lynas ilk professional oʻyinini 2015-yil 16-avgustda oʻtkazdi[3].

2015-yil oktyabr oyida Lynas Shotlandiya Ikkinchi ligasining pastki qismidagi „East Stirlingshire“ futbol klubi safiga 2015-yil yanvar oyigacha favqulodda ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi. Aron Lynas klub safida 3-oktyabr kuni ilk oʻyinini oʻtkazdi[4].

„Alloa Athletic“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Aron Lynas 2016—2017-yilgi mavsum uchun Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Brechin City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[5].

2019-yil 29-may kuni Aron Lynas „Albion Rovers“ futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum uchun oldindan shartnoma imzoladi[6]. Aron Lynas Cliftonhilldagi uch mavsum davomida jamoa sardori boʻldi va Lynas 2022-yilning yozida „Dumbarton“ futbol klubi safiga qoʻshildi[7]. Aron Lynas klubdagi ilk golini 2022-yilning noyabrida „Elgin City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:0) kiritdi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Alloa Athletic 2015—2016 Shotlandiya chempionati 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
East Stirlingshire (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 15 0 1 0 0 0 2 0 18 0
Brechin City 2016—2017 Shotlandiya Birinchi ligasi 26 0 1 0 2 0 6 0 35 0
2017—2018 Shotlandiya chempionati 27 0 1 0 4 0 0 0 32 0
2018—2019 Shotlandiya Birinchi ligasi 20 1 1 0 4 0 1 0 26 1
Jami 73 1 3 0 10 0 7 0 93 1
Albion Rovers 2019—2020 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 20 0 3 0 4 0 1 0 28 0
2020—2021 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 21 0 0 0 3 0 0 0 24 0
2021—2022 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 34 0 2 0 3 0 2 0 41 0
Jami 75 0 5 0 10 0 3 0 93 0
Dumbarton 2022—2023 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 14 1 1 0 4 0 1 0 20 1
Jami 178 2 7 0 20 0 10 0 225 2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Raith Rovers 3-3 Cowdenbeath“. BBC Sport (21-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  2. „Cowdenbeath let six players go ahead of drop to League 1“. The Courier (21-may 1996-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  3. Lindsay, Clive. „Alloa 1-5 Rangers“. BBC Sport (16-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  4. „Berwick 2-1 East Stirling“. BBC Sport (3-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 3-oktabr 2015-yil.
  5. Lindsay. „Scottish League One ins and outs - summer 2016“. BBC Sport. BBC (17-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2016-yil.
  6. „Signing News“. Albion Rovers F.C. (29-may 2019-yil). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2019-yil.
  7. „Dumbarton Football Club - ARON LYNAS CHECKS IN“. www.dumbartonfootballclub.com. Qaraldi: 4-iyun 2022-yil.
  8. „Dumbarton Football Club - CLINICAL SONS WIN IN STYLE“. www.dumbartonfootballclub.com. Qaraldi: 12-noyabr 2022-yil.