Arnold Rüütel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arnold Rüütel (2004)

Ryuytel Arnold Fyodorovich (1928.10.5, Saarema uyezdi) – Estoniya davlat arbobi. Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1964). Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori. Mehnat faoliyati 1949-yildan boshlangan. Estoniya chorvachilik va veterinariya ilmiy tadqiqot institutining tajriba bazasida bosh zootexnik, shu institut direktori oʻrinbosari (1957–63), "Tartu" szi direktori (1963–69), Estoniya qishloq xoʻjaligi akademiyasi rektori (1969–77). Estoniya KP MK kotibi (1977–79), Estoniya Vazirlar Kengashi raisining 1oʻrinbosari (1979–83), Estoniya Oliy Kengashi Prezidiumi (1983–90), Estoniya Oliy Kengashi (1990–92) raisi. 2001-yil sentabrdan Estoniya Respublikasi prezidenta. Shuningdek, Jahon "Yashil xoch" tashkilotining Estoniya boʻlimi va "Estoniya sohili va dengizi" harakati raisi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil