Arnold Jozef Toynbi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Arnold Jozef Toynbi (inglizcha: Arnold Joseph Toynbee; 1889.14.4, London 1975.22.10, York) — ingliz tarixchisi, faylasuf va sotsiolog. Oliy oʻquv yurtida oʻqituvchi va tashqi ishlar vazirligida xizmatchi boʻlib ishlash bilan birga juda koʻp safarlarga chiqib ibtidoiy jamiyatni oʻrganish bilan shugʻullangan. 1922-yildan insoniyat madaniyati taraqqiyoti umumiy tarixi ustida ishladi. Asosiy asari 12 j.li "Tarix tadqiqoti"ni yaratdi (1934—61). U bir-birining oʻrniga keluvchi mahalliy sivilizatsiyalar "charxpalagi" haqidagi nazariyani ilgari surdi: mazkur sivilizatsiyalarning har biri vujudga kelish, oʻsish, tanazzulga ketish va yemirilish bosqichlarini oʻtaydi; ular rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi oʻz ortidan "loqayd koʻpchilik"ni ergashtiruvchi "ijodiy elita"dir; insoniyat taraqqiyoti maʼnaviy barkamollikda, oddiy animistik eʼtikrdlardan universal dinlar orkali kelajakning yagona dini sari boʻladigan evolyutsiyadadir. T. jamiyatdagi ziddiyat va nizolarga maʼnaviy yangilanish barham beradi, deb hisobladi.