Arnold Gan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arnold Pavlovich Gan (1928.1.1, hozirgi Sebej sh., Rossiya) — monumentalist rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). P. Gannknt oʻgʻli. 1955 yildan Toshkentda. Respublika rassomlik bilim yurtida dars bergan (1955—62). Oʻzbekistan mahobatli rangtasviri rivojiga munosib hissa qoʻshdi. Asarlari: Jizzax teatri (Ch. Ahmarov bilan hamkorlikda, 1981), Toshkent metropolitenining Kosmonavtlar bekati (1984), "Turkiston" konsert zali (1994), Ukraina elchixonasidagi "Karpatlar" (1997) devoriy rasmlari, Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi vitraj (1996, A. Axmetshin bilan hamkorlikda) va b. Asarlari chet mamlakatlar xususiy galereyalari, respublika muzeylarida saklanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil