Arne Dokken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arne Dokken
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arne Dokken
Tavallud sanasi 27-avgust 1955-yil (1955-08-27) (68 yosh)
Tavallud joyi Drammen, Norvegiya
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Åssiden IF
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975-1977 Strømsgodset 43 (26)
1978-1981 Lillestrøm SK 79 (35)
1981-1983 Panathinaikos 23 (10)
1983-1984 Apollon Smyrnis 24 (6)
1984-1986 Rosenborg 25 (5)
Milliy terma jamoa
1975-1984[1] Norvegiya 24 (2)
Boshqargan klublari
1985 Rosenborg
1986-1987 Rosenborg
2000-2002 Strømsgodset
2004 Sandefjord
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Arne Dokken (1955-yil 27-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik sobiq futbolchi. U Norvegiyaning bir nechta klublari, ikkita Gretsiya klubida va Norvegiya milliy futbol jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan. Norvegiya oliy divizionida sakkiz mavsumda jami 147 ta oʻyin oʻtkazib, 64 ta gol urgan[2]. U 1975 va 1980-yillarda 1-divizionda eng yaxshi toʻpurar sifatida taqdirlangan. Uning oʻgʻli Kennet Dokken ham futbolchilik faoliyati bilan shugʻullanadi

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arne Dokken Drammen shahrida tugʻilgan va oʻz faoliyatini Åssiden IF jamoasida boshlagan. 19 yoshida Strømsgodset IF jamoasiga oʻtgan. 1975-yilgi mavsumda u Norvegiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari sifatida qayd etiladi. U Lillestrøm SK bilan 1978-yil Norvegiya kubogini va 1981-yilgi ligada oltin medallarni qoʻlga kiritgan. Keyin u Gretsiyaning Panathinaikos klubida professional faoliyatini davom ettiradi va klub tomonidan Apollon Smyrnis jamoasiga ijaraga beriladi[3][4][5]. Faoliyatining oxirgi yillarida Norvegiyaning Rosenborg BK jamoasiga qaytadi va aynan shu jamoa safida rasman futbolchilikdagi faoliyatini yakunlaydi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dokken toʻrt marta Norvegiya U-19 va 11 marta Norvegiya U-21 termasi jamoasida maydonga tushgan. U Norvegiya terma jamoasi safida 24 ta oʻyinda ishtirok etib, ikkita gol urgan[6].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U murabbiylik faoliyatini 1985-yilda „Rosenborg“ jamoasida boshlagan. Ushbu jamoa bilan bir necha bor oltin medallarni qoʻlga kiritadi va keyinchalik Rosenborg BK va FC Lyn Osloda sport direktori lavozimiga koʻtariladi. U Strømsgodset IFda murabbiy, sport boʻlimi boshligʻi[7] va Sandefjord Fotballda 2004-yilgi mavsumda bosh murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchi sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lillestrøm SK

  • Norvegiya oliy divizioni : 1981-yil; ikkinchi oʻrin: 1978-yil
  • Norvegiya kubogi : 1978, 1981; ikkinchi oʻrin: 1980-yil

Panathinaikos

  • Alpha Ethniki, ikkinchi oʻrin: 1981-1982
  • Gretsiya kubogi : 1982-yil

Murabbiy sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rosenborg

  • Norvegiya oliy divizioni : 1985-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Player’s profile, eu-football.info
  2. „Statistics for Arne Dokken“ (no). Aftenposten. 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.
  3. „Greece 1981/82“. RSSSF The Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.
  4. „Greece 1982/83“. RSSSF The Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2008-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.
  5. „Greece 1983/84“. RSSSF The Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. 2008-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.
  6. „Statistics for Arne Dokken“. The Football Association of Norway. 2011-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-yanvar.
  7. „Trenere“ (no). Strømsgodset IF. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.