Armrestling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Armrestling (ing. agt – qoʻl, shgezShpyo – kurash) – sport turi, ikki kishi (sportchi)ning maxsus stolda tirsagini tayanchdan uzmasdan bir-birining qoʻlini qayirib mushti sirtini stolga tegizish uchun kurashi. Agar oʻng (chap) qoʻl bilan musobaqalashilsa, chap (oʻng) qoʻl bilan stoldagi maxsus tutqichdan ushlanadi. Musobaqada vaqt cheklanmaydi. Erkaklar 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 90, 100, 110 kg va 110 kg dan ziyod, ayollar 45, 50, 55, 60, 65, 70, 80 kg va 80 kg dan ziyod vazn toifalarida musobaqalashadilar.

A. qadimiy kuch sinashish turlaridan biri boʻlishiga qaramasdan 20-asrning 50-yillariga kelibgina AQShdagi olis masofaga qatnovchi avtomobil haydovchilari oʻrtasida sport turi sifatida shakllandi. 1962 yilda Jahrn armrestling federatsiyasi (\UA Gʻ)ga asos solindi, unga 95 davlat (Oʻzbekiston 1996 yildan) aʼzo (2005). A. boʻyicha ilk jahon chempi-onati 1962 yilda (Osiyo chempionati 2000 yilda) oʻtkazildi. Shundan buyon har yili erkaklar, ayollar va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatlari tashkil qilinadi. A. AQSH, Gruziya, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Oʻzbekiston kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan.

Oʻzbekistonda A. 20-asrning 90-yillarida sport turlari qatoridan oʻrin oldi. 1991 yilda Oʻzbekiston A. fede-ratsiyasi tuzildi va Oʻzbekiston chem-pionatlari (erkaklar va ayollar oʻrtasida) uyushtirildi. Hozirgi vaqtda mamlakatda A. boʻyicha 10 dan ziyod turli toifadagi musobaqalar tashkil etiladi. Oʻzbekiston A. chilari 1995 yildan xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. A. boʻyicha oʻz vazn toifalarida Umidjon Ahmedov 6 karra (1998 – 2000, 2002, 2003, 2005), Yusuf qodirov 2 karra (2000, 2002), Farid Usmonov 2 karra (ikki turda, 2005), Mirzohid Sharapov (2005) va yoshlar oʻrtasida Komil Kerimov (2001, Sar-vinoz Tangatova 2 karra (ikki turda, 2005), Ruslan Muxtorov (2005) jahon chempioni boʻlishdi. Shuningdek, Avazbek Asadov, Jasur Aliakbarov, Yelena Shafronova, Amir Oʻroqov kabi A.chilar jahon chempionati sovrin-dorlari va Osiyo chempionlaridir. Respublikadagi 67 ta A. boʻlimi va toʻgaraklarida Fikrat Kerimov, Qurbon Konishev, Igor Shishkov, Pavel Dokuchayev kabi 29 nafar murabbiy qoʻl ostida 809 kishi (45 nafari ayol) shu sport turi bilan muntazam shugʻullanadi (2005).