Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar
Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar | |
---|---|
![]() | |
Artist | Vincent van Gog |
Yil | 1888 |
Oʻlchami | 75 sm × 93 sm × (5,000 in × 6,200 in) |
Joylashuvi | Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow |
Arl yaqinidagi Qizil uzumzorlar - asar golland rassomi Vinsent Van Gog ijodiga tegishli bo'lib, 1888-yilning noyabr oyi boshlarida yaratilgan. Asarda uzumzorda ishlayotgan bir guruh ishchilarni ko'rish mumkin. Asar rassom hayotlik chog'ida o'zi tomonidan sotilgan yagona asar hisoblanadi. [1] [2]
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Qizil uzumzorlar" birinchi marta 1890-yilda Bryusseldagi "Yigirmatalik jamiyat" ko'rgazmasida namoyish etilgan va shu jamiyat a'zolaridan biri bo'lgan belgiyalik rassom va kolleksioner Anna Boshga 400 frankga (bugungi kunda taxminan 2000 dollarga teng) sotilgan.[3] [4]
Keyinchalik asar 1909-yilda Ivan Morozov tomonidan Parijdagi san'at galereyasidan sotib olingan. Rossiya inqilobidan so'ng, asar bolsheviklar tomonidan milliylashtirildi va keyinchalik Moskvadagi Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyiga topshirildi. [5]
Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Van Gog 1888-yil noyabrda ukasi Teoga shunday deb yozadi: “Eh, nega yakshanba kuni biz bilan birga bo'lmading! Biz qip-qizil uzumzorni ko'rdik - qizil vinoga o'xshash. Olisdan sarg'ish, tepasida esa yam-yashil osmon, atrofda - yomg'irdan keyingi binafsha rang, ba'zi joylarda - quyosh botishining sariq aksi ko'rinadi".[6]
Xuddi shu oyda, xuddi shu joyda, Monmajour abbatligi yaqinidagi uzum hosilining yig'ib olinishi tasvirlangan "Arledagi qizil uzumzorlar", deb nomlangan asar yaratiladi.
Van Gogda bu manzara ertak xarakterini oladi. O'rim-yig'im odamlari, dexqonlar, rassom tomonidan kundalik mashaqqatli mehnatni boshidan kechiruvchi oddiy xalq sifatida taqdim etiladi va bu shu hayotning timsoliga aylanadi.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ma'lumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „The van Gogh legend - a different picture The story that the artist sold just one painting in his lifetime endures. In fact, he sold at least two“. baltimoresun.com. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ „The Lore: Van Gogh Sold Only One Painting During His Life“. thoughtco.com. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
- ↑ Hulsker (1980), 356
- ↑ Pickvance (1984), 168–169;206
- ↑ France. Second half of 19th - 20th century. Painting collection, State Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow: Red Square Publishers, 2005 — 55-57 bet.
- ↑ Letter from Vincent van Gogh to Theo van Gogh. Auvers-sur-Oise, Tuesday, 24 June 1890. Amsterdam, Van Gogh Museum, inv. no. b692V/1962
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Hulsker, yanvar . To'liq Van Gog . Oksford: Phaidon, 1980 yil.ISBN 0-7148-2028-8ISBN 0-7148-2028-8 .
- Pikvans, Ronald. Van Gog Arlesda (mushuk. Metropolitan san'at muzeyi, Nyu-York), Abrams, Nyu-York 1984 yil.ISBN 0-87099-375-5ISBN 0-87099-375-5 .