Arjasp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arjasp (Avestoda Arjadaspa) — 1) Afrosiyobning nabirasi, zardushtiylikning ashaddiy dushmani. Ruinadiz (Diziruin) (Mis qasr)da yashagan. Mil. 2-asrdan eʼtiboran bu kasr Poykend nomi bilan bogʻlanadi. A. Zardushtiy Gushtasp (Gistasp) Ruintan (Misbadan)ning bir necha oʻgʻillarini jangda oʻddirgach, tax-tni tark etib Balxda toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlib turgan Luhrosp (Gush-taspningotasi)ni oʻldirgan. Soʻng, Gush-taspning qizlari Ofariyn va Humoyni 615olib qochgancha Ruinadiz qal’asiga ber-kinib olgan. Gushtaspning oʻgʻli Isfan-diyor qasrni zabt etib, uni oʻldirgan va singillarini qutqargan. 2) Eron afsonalarida Turondagi koʻchmanchi qabilalar (Avestoning „Yasht“ V kito-bida Arjadaspa), keyingi afsonalarda zardushtiylikka qarshi boʻlgan xio-niylar (eftaliylar) boshligʻi. A.ning podshohlar (zardushtiylar homiylari)ga qarshi urushlari Parfiya dostoni „Yodgor Zareron“da keng yoritilgan. Xioniylar podshohi A. Eron podshohi Vishtasp ((qarang Gushtasp)d, an oʻz dinidan voz kechishni talab qiladi, yoʻqsa urush ochishini aytadi. Vishtasp rad qilgach, dahshatli jang boʻlib, unda eronliklar Vishtaspning ukasi qoʻmondon Zarera (jangda oʻlgan) va uning oʻgʻli Bastvara boshchiligida xio-niylar ustidan toʻla gʻalaba qozonadilar. A.ni asir olib qoʻl-oyogʻini, qulogʻini kesib, koʻzini oʻyib oʻz yurtiga qaytarib yuboradilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil