Aristoksen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Aristoksen (Aristoksenos) (miloddan avvalgi 354, Tarent – taxminan 300) – yunon musiqa nazariyotchisi. Aristotelning shogirdi. Uch kitobdan iborat "Gar-monika" asari, "Ritmika"sidan par-chalar bizgacha yetib kelgan. Tanqidiy oʻzlashtirilgan Pifagor ta’limoti bilan Aristotel gʻoyalarini qoʻshishga harakat qilgan. A birinchilardan boʻlib, musiqa tovushlari bevosita eshitilishi bilan "sof sozli tovushlar tizmasi" oʻrtasida 620farq mavjudligini koʻrsatdi. Mutlaq balandlik, intervallar, lad (tuzuk) yara-tilajak modulyatsiya, kompozitsiyey prin-sipi jihatidan farq qiluvchi "garmo-nik" (musiqa) hodisalar tizimini ish-lab chiqdi; intervallarning sadolanishi jihatidan konsonant va dissonantligini bayon qildi. A. ta’limoti, ayniqsa, oʻrta asrlardagi Sharq musiqa nazariyasiga hamda Uygʻonish musiqa namoyandalariga ta’sir qildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil