Ariozo
Jump to navigation
Jump to search
Ariozo (ital. arioso – ariyaga o‘xshash) – 1) erkin shaklda yaratilgan kichik ariya. Ko‘pincha operalarning rechitativli sahnalari o‘rtasi (yoki oxiri)da foydalaniladi. A. Kozlovskiyning "Ulug‘bek" operasidagi Ulug‘bek va Chol, M. Yusupovning "Xorazm qo‘shig‘i" opera-sidagi Diddor, R. Hamroyevning "Zulmatdan ziyo" operasidagi Gulnor A.lari; 2) vokal va cholg‘u musiqasida kichik shaklli lirik, vazmin sur’atli asar. S. Yudakovning "Muborakbod" kantatasidagi "Ona Axi" va boshqa; 3) tabiatan kuychan ijro us-lubi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |