Arifmometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arifmometr (yun. arithmos — son va metreo — oʻlchayman) — toʻrt arifmetik amal bajariladigan hisoblash mashinasi. Arifmetik hisoblash mashinasi birinchi marta fransuz olimi B. Paskal tomonidan 1641-yilda yaratildi. 1790-yilda nemis soat ustasi Gan toʻrt arifmetik amalni bajaradigan birinchi amaliy mashinani yaratdi. Arifmometrda sonlarni hisoblagichga oʻrnatish va koʻchirish mexanizmi, aylanishlar hisoblagichi, natijalar hisoblagichi, natijalarni oʻchirish qurilmasi dastaki va elektr yuritma bilan jihozlangan. Hisoblash texnikasining rivojlanishi munosabati bilan A. kam ishlatilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil