Arid tuproq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arid tuproq (lot. aridus — quruq, qurgʻoqchil) — bugʻlanadigan namlik miqdori yogʻinlar miqdoridan ortiq boʻlgan choʻl va chala choʻl zonasiga mansub kam unum tuproq. Arid iqlimli yerlarda vujudga kelgan. Arid tuproq yuvilmaydigan suv rejimiga ega boʻlganligi sababli tuproq profilida yoki tuproq osti qatlamlarida karbonatlar, sulfatlar, xloridlar toʻplanadi. Oʻzbekistondagi qumli choʻl tuproqlari, taqirli tuproqlar va taqirlar Arid tuproq ga kiradi (qarang Tuproq).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil