Ariak Ambartsumov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ariak Ambartsumov
Tavalludi 1986-yil 22-avgust (37 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi sportchi (boks)

Araik Karenovich Ambarsumov (1986-yil 22-avgust, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – yengil vazn toifasi boʻyicha rossiyalik bokschi. U 2000-yillarning ikkinchi yarmida boks boʻyicha Rossiya terma jamoasida oʻynagan, Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori, Rossiya chempioni, Butunrossiya va xalqaro ahamiyatga molik turnirlar gʻolibi va sovrindori. Musobaqalarda Stavropol oʻlkasi sharafini himoyalagan va "Dinamo" sport jamiyati vakili bo'lgan. Rossiyaning xalqaro sport ustasi. Xalqaro sport ustasi (boks, 57 kg gacha)[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Araik Ambarsumov 1986-yil 22-avgustda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tavallud topgan va keyinchalik Stavropol oʻlkasining Pyatigorsk shahriga doimiy koʻchib kelgan[2]. Shimoliy Kavkaz davlat texnika universitetida (hozirgi Shimoliy Kavkaz Federal universiteti) tahsil olgan.

Ambarsumov oʻn toʻrt yoshida murabbiy V. F. Akatov rahbarligida boks bilan shugʻullanishni boshlagan. Keyinchalik Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiylar Valeriy Vasilyevich Entalsev hamda Eduard Abramovich Djagrayevga shogird tushgan. Araik yengil vazn toifasida (57 kg) boks sporti boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. Musobaqalarda Pyatigorsk shahrining „Dinamo“ sport jamiyati nomidan chiqish qilgan.

Sportchi birinchi marta 2006-yilda Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan talabalar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Ambarsumov sport karyerasidagi eng katta muvaffaqiyatini 2008-yilgi mavsumda, Kaliningraddagi Rossiya chempionatida yengil vazn toifasida boʻlgan musobaqada qoʻlga kiritgan. Bir qator muvaffaqiyatli oʻyinlari tufayli Rossiya terma jamoasining asosiy jamoasi aʼzosiga aylangan va Liverpuldagi Yevropa chempionatida mamlakat sharafini himoya qilish huquqiga ega boʻlgan. Araik Liverpuldagi musobaqada finalga chiqqan va kumush medalni qoʻlga kiritgan (hal qiluvchi bahsda ukrainalik nomdor bokschi Vasiliy Lomachenkoga 1:7 hisobida yutqazgan). Ushbu ajoyib muvaffaqiyati uchun unga „Rossiyaning xalqaro toifadagi sport ustasi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan[3].

Araik Karenovich 2014-yilgacha sport boʻlib faol shug'ullangan. U muntazam ravishda Rossiya milliy chempionatlarida qatnashgan, lekin hech qachon gʻoliblar qatoriga kira olmagan. Boksyor Abramovich Stavropol o'lkasining Pyatigorsk shahrida istiqomat qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АМБАРЦУМОВ Араик Каренович“. Qaraldi: 2023-yil 25-noyabr.
  2. „Araik Ambartsumov – the Russian boxer“. 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.
  3. „Сборная Россия впервые за много лет не смогла занять первую строчку общекомандного зачета чемпионатов Европы“. Спортсправка (2008-yil 16-noyabr). 2012-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-iyul.