Arharoʻt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arharoʻt (Angelica ternata) — zi-radoshlar oilasiga mansub oʻqildizli koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 35 — 40 sm. Barglari murakkab. Guli ikki jinsli. Soyabonlari 7 — 15 soyabonchali, unda-gi gullari 15 — 20 ta. A. iyun -iyulda gullaydi. Mevasi ellipssimon, uz. 9 mm. Sentabr — oktabrda pishadi. Toshkent, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo vi-loyatlari togʻli tumanlarining daryo boʻylarida, shagʻalli va toshli yerlarida oʻsadi. Afgʻonistonda ham uchraydi. A. efirmoyli oʻsimlik boʻlib, gullaganda yer ustki qismida 0,65% gacha efir moyi boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil