Arguslar
Qiyofa
Arguslar — qirgʻovullarning ikkita, bir-biriga yaqin monotipik urugʻlari (Argustanus va Rheinartia). Ikkinchi darajali oqish patlarida juda koʻp koʻzsimon dogʻlari boʻladi. Katta Arguslar (A. argus) Myanma, Malakka, Sumatra va Kalimantan oʻrmonlarida tarqalgan, xoʻrozining uzunligi 1,7 — 2 metr (shundan 1,2 m dumidagi oʻrta boshqaruv patiga toʻgʻri keladi). Kokildor A. Laos, Vetnam va Malakkaning togʻ oʻrmonlarida tarqalgan. Yashirin hayot kechiradi (qarang Qirgʻovulsimonlar). Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotining Qizil kitobiga kiritilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |