Argentinlar
Argentinlar — xalq, Argenti-naning asosiy aholisi. Umumiy soni 28,3 mln. kishi (1992), shundan 26,64 mln. kishi Argentinada. A. ispan tilining argentin lahjasida soʻzlashadilar. Yevro-peoid irqiga mansub. Dindorlari asosan — katolik. A. millati 19-asrning ikkinchi yarmida Yevropa (asosan Ispaniya, Ita-liya)dan koʻchib kelganlarning mahalliy xalq (indeys)lar bilan qoʻshilishi natija-sida paydo boʻlgan. A.ning shakllanishi asosan 20-asr boshlarida tugallandi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |