Argazid kanalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Argazid kanalar (Argasidae) -parazitoform kanalar oilasi. Och kana uz. 2 — 13 mm. Tanasi yassi, bir muncha qalin qobiq bilan oʻralgan, qalqonlari boʻlmaydi. Quruqlikda yashovchi umurt-qalilar qonini soʻrishga ixtisoslashgan parazitlar. Argazid kanalar uzoq vaqt (11 yilgacha) och yashashi mumkin, lekin hayvonga yopishib juda tez va koʻp miqdorda qon soʻradi. Qonga toʻygan kananing massasi och kanaga nisbatan bir necha yuz marta ortadi. Ur-gochisi 50 — 200 tadan tuxum qoʻyadi. Ke-chasi faol hayot kechiradi. Ayrim turlari odam va hayvonlarga spiroxetoz, virus kasalliklarini yuqtiruvchi hisoblanadi (mas, tovuq spiroxetozini eron argas ka-nasi — Argas persicus tarqatadi). Kana odam qonini soʻrganida teri qichiydi. Argazid kanalar ning 100 ga yaqin turi mavjud. Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo hududida eron argas kanasi, kaptar kanasi (A. ref-licus) va Ornithodorus urugʻining turlari uchraydi. Argazid kanalar uy hayvonlarining qonini soʻrib katta ziyon keltiradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil