Kontent qismiga oʻtish

Arevshat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arevshat — xoʻraki oʻrtapishar uzum navi. Armaniston uzumchilik, vi-nochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqoʻrgʻon va Parkent navlarini cha-tishtirib yaratilgan. Armanistonda eki-ladi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, besh boʻlmali, kertiklari chuqur, tuksiz. Guli ikki jinsli, uzum boshi yirik, choʻzinchoq, tigʻiz. Gʻujumi yirik, dumaloq, pushti. Pusti yupqa, eti sersuv, shirin. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigindisi 2800° — 2900da 153 — 158 kunda pishadi. Kasallik va zararkunan-dalarga chidami oʻrtacha, sovuqqa bardo-shi past. Yangiligida isteʼmol etiladi, qishda saqlashga chidamli.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil