Areografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Areografiya — astrofizikaning Marsning sirt tuzilishini haritalash-tirish bilan shugʻullanuvchi boʻlimi. Mars haritalari vizual kuzatishlarga asosan tuzilgan. Mars sirtida „dengiz“ deb ataluvchi katta-katta qoramtir dogʻlar, ular atrofida yorugʻ qitʼalar va qutblar atrofida „qutbiy doʻppilar“ deb ata-luvchi oq dogʻlar kuzatiladi. Marsning kichik qoramtir dogʻlari „koʻllar“ va „voha“lar deyiladi. Koʻpincha, Mars ka-nallari shunday „vohalarda“ kesishadi. Och qoramtir joylar — „botqoqlik“, dengizning uch-burchaksimon tur-tib chiqqan joyi „koʻrfaz“ deyiladi. Koʻpchilik „dengizlar“ Marsning janubiy yarim sharida joylashgan. Ularning eng qoramtirlari — Mare Sirenium, Mare Cimmerium, Mare Tirrenium, Syrtis Major, Sabarns sunus bir-biri bilan tu-tashgan holda 0° dan 30° gacha areografik kengliklar orasida joylashgan. Jan.614dagi koʻpchilik „koʻrfaz“larning uchi shimoliga yoʻnalgan. Marsda areografik uzunlik Sabaens sunus „koʻrfaz“idan boshlab hisoblanadi. Shimoliy yarim shardagi „dengiz“lar kamdan-kam tutash-gan boʻladi. Ularning eng kattasi Mare Acidalinr — uchi janubiy ga qaragan uch bur-chakli qora dogʻ shaklida. Mars dengizlarining rangi va qoramtirlik darajasi mavsumga qarab oʻzgarib turadi. Mars togʻlarining eng balandi 5 km dan ortiq emas. Amerika kosmik kemasi „Mari-ner-4“ yordamida 1965-yil 15-iyulda olin-gan Mars sirtining fotosuratlarida Oydagi kabi halqasimon togʻlar (kraterlar) va tizma togʻlarni koʻrish mumkin. Mars sirtida diametri 4 km dan ortiq boʻlgan kraterlar soni 10000 tacha deb taxmin qilinadi. „Mariner-4“da olin-gan rasmlarda Mars sirtining fotosu-ratlari keltirilgan. Bunda „Mariner-4“da rasmga olingan joylar ham belgi-langan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil