Kontent qismiga oʻtish

Arekipa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arekipa — Peruning Limadan keyingi ikkinchi katta shahri. Mista vulqoni etagida, 2300 metr balandlikda joylashgan; zilzila boʻlib turadi. Aholisi 634 ming kishi (1990). Peruning janubidagi savdo-tijorat, sanoat va madaniyat markazi; Tinch okeandan mamlakat ichki rayonlariga boradigan temir yoʻl ustida. Toʻqimachilik, koʻn-teri, sovun, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet (1928) bor. Arekipa inklarning qadimgi shahri oʻrnida ispanlar tomonidan 1540-yilda barpo etilgan. XVI-XVIII asrlar meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil