Ardasher binni Sheruya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ardasher binni SheruyaEronda hukmronlik qilgan sosoniy podshoh. Otasi Sheruya vafot etganida balogʻat yoshidagi valiahd shahzoda yoʻqligi sababli Ardasher podshoh, Xusrav Parvizning xonsolori (dasturxonchisi) Mehrijis unga vazir etib tayinlanadi. Xusrav Parvizning nufuzli ayoni Shahrirod Ardasherga qarshi chiqib, shoh va uning vaziri Mehrijisni qatl etib, Madoyinda taxtga oʻtiradi. Ardasher bir yil-u olti oy podshohlik qilgani aytilgan. Ardasher haqida “Tarixi muluki Ajam” hamda “Saddi Iskandariy”ning 14-bobida maʼlumot berilgan.

Yana Ardasher erdi tifle najand,

Ki boʻldi maqomi sariri baland.

Biyik taxtdin charxi bevahmu bok

Quyi tashlab, ul tifl boʻldi halok.

(“Saddi Iskandariy”)[1][2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Tarixi muluki Ajam". 
  3. "Saddi Iskandariy".