Aravon svitasi
Qiyofa
Aravon svitasi – devon davrining Eyfel yarusiga mansub svita. Birinchi marta 1954-yilda G. A. Kaleda mustaqil svita sifatida ajratgan. Aravonsoy nomi bilan atalgan. Bazalt, gil va qumtoshli slaneslar, braxiopodali ohaktoshlardan iborat. Qalinligi 1000 – 2000 m. Chile va Toldiq soylari oraligʻida, Qorachatir tizmasida va Uchqoʻrgʻon effuziv jinslari mintaqasida uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |