Aravon (Aravon tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aravon — shaharcha, Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani maʼmuriy markazi. Qadimgi qishloq oʻrnida vujudga kelgan. Aravonsoy quyi oqimining har ikkala sohilida, togʻlar orasida joylashgan. Oʻsh shahridan 25 km gʻarbda, Oʻzbekistonning Marhamat shahridan 14 km narida. Aholisi 2,5 ming kishi (1977), aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek qirgʻiz, rus, ukrain, turk, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish (dehqonchilik, bogʻdorchilik va chorvachilik) bilan shugʻullanadi. A.da tuman hokimiyati binosi, pochta, univermag, 4 ta maktab, choyxonalar, klub va boshqa bor. A. atrofida dam olish maskanlari barpo qilingan. A.da akademik H. M. Abdullayev tugʻilgan. U oʻqigan maktab qoshida olim xotirasiga muzey tashkil etilgan, byusti oʻrnatilgan, qishloqning eng katta koʻchasi H. M. Abdullayev nomiga qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil