Araukaliklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Araukaliklar (o‘zlarini mapu-che deb ataydilar) – Chilining indeys aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi xalq. Umumiy soni 800 ming kishi (1992), jumladan Chilida 750 ming kishi. Arauka va ispan tillarida so‘zlashadi. Asosiy mashg‘ulotlari – dehqonchilik va chorvachilik. Dini – katolik, qadimgi diniy e’tiqodlar ham mavjud. Ispanlar kelgu-nigacha A. hozirgi Chilining butun hududiga tarqalganlar. A.ning bosqinchilar va mustamlakachilarga qarshi kurashi 300 yildan or-tiqdavom etgan. Hozirgi A. Mar-kaziy Chilining janubiy qismida to‘plangan; ularning anchagina qismi rezervatsiyalarda yashaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil