Kontent qismiga oʻtish

Arat Rashit Rahmati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arat Rashit Rahmati — (1900, Tatariston, Eski Ujum — 1964, Istanbul) turkolog, matnshunos, filologiya fanlari doktori (1927-y), dotsent.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Abdurashid Ismatulloh mjudarris boʻlgani uchun, Arat Rashit Rahmati maktabda arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. 1922-yil Berlin universitetining falsafa fakultetiga kirgan. 1927-yil doktor, soʻng Berlin universiteti dotsenti unvonini olgan. 1933-yildan Istanbul universiteti adabiyot fakultetining turk tili va adabiyoti kafedrasi professori, 1940—1950-yillarda Turkiy tadqiqotlar instituti mudiri. Qiyosiy turkologiya boʻyicha tadqiqotlar tashabbuskori, Turk madaniyatini tadqiq etish institutining asoschilaridan biri.

Arat Rashit Rahmati 200dan ziyod ilmiy asarlar muallifi. Turk tilining tarixiy grammatikasi, eski uygʻur tili, „Qutadgʻu bilik“, „Hibatul-haqoyiq“ yodgorliklarini oʻrgangan. „Boburnoma“ni usmonli turk tiliga tarjima qilgan[1].

Babur va Yazisi. Anqara, „Turk madaniyati“, 1964;

S.Chigʻatoy. R. R. Arat asarlarining toʻliq roʻyxati. „Turk tili qurumi byulleteni“, 29-jild, 188—193-betlar.

  1. «Bobur ensiklopediyasi». Toshkent: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi [2014].