Aralash yem

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aralash yem – ilmiy asoslan-gan reseptlar bo‘yicha maydalangan tur-li ozuqalardan tayyorlangan aralashma. Aralash yem har xil yoshdagi chorva mollari va parrandalar uchun zavod hamda chorvachilik xo‘jaliklarida tayyorlanadi. Yemga aminokislotalar, mikroelementlar, antibiotik va vitaminlarga boy moddalar qo‘shilib, uning umumiy biologik qimmati ancha oshiriladi.Aralash yemning 3 turi ishlab chiqariladi: to‘la ratsionli Aralash yem (tarkibidaxay-vonlar uchun zarur bo‘lgan barcha ozuqa moddalar bo‘ladi va qo‘shimcha ozuqa qo‘shilmay yediriladi); konsentratli Aralash yem (ratsionda yetarli bo‘lmagan asosiy ozuqa mod-dalar o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha sifatida berila-di); muvozanatlovchi Aralash yem (vitamin-oqsilli, vitamin-oqsil-mineralli, shuningdek, mikrobiolo-giya sanoatida sun’iy olinadigan va yemlarning to‘yimliligini oshirishda qo‘llaniladigan biologik faol moddalar aralash-malari – boyituvchi aralashmalar). Tula ratsionli Aralash yem hayvonlarning barcha to‘yimli moddalarga bo‘lgan tala-bini qondirishi lozim. Shunday Aralash yem parrandalar, cho‘chqalar va yosh buzoqlar uchun tayyorlanib, yagona ozuqa sifatida yediriladi.Konsentratli Aralash yem xo‘jaliklarda mavjud bo‘lgan shirali, dag‘al va don ozuqalariga qo‘shimcha sifatida beriladi. Aralash yem tayyorlash uchun g‘alla va dukkak-li ekinlar donlari – makkajo‘xori, oq jo‘xori, arpa, suli, bug‘-doy, javdar, mosh va boshqalardan foydalaniladi.Muboshir Musayev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil