Aralash silos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aralash silos — turli ozuqabop oʻsimliklarning koʻk poyasi, doni, ildiz-mevalarini konservalash (surlash) usu-li bilan tayyorlanadigan ozuqa. Aksariyat parrandalar, choʻchqa va yosh buzoqlarni boqishda qoʻllaniladi. Aralash silos tayyorlash uchun namligi yuqori don, qand, nimqand va xashaki lavlagi, sabzi ildizmevalari va barglari, koʻk beda, kartoshka, qovoq va boshqalarning palaklari ishlatiladi. Aralash silos na-mligi 60 −70%, rN 4 — 4,3, sut kislotasi 70-75% boʻlishi kerak. 1 kg Aralash silos tar-kibida 0,25-0,30 ozuqa birligi, 25-30 g hazm boʻluvchi protein, 20 −60 mg karo-tin va 30 g dan koʻp boʻlmagan miqdorda klechatka boʻladi. Aralash silos ni tayyorlash, joy-lash va saqlash texnologiyasi qattiq nazo-rat qilinishi lozim. Aralash silos oson hazm boʻluvchi uglevodlar, organik kislotalar, vitaminlar va mineral tuzlarga boy (qarang Silos).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil