Aralash mulk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aralash mulk – turli mulk shakllarining birlashuvi natijasida paydo boʻladigan mulk. Aralash mulk turli mulk sohiblari hissa (pay)larining qoʻshilishidan yuzaga keladi. Kelishuvga binoan bu pay har xil boʻlishi mumkin, lekin mulk egalaridan birontasining hukmron boʻlishiga yoʻl beril-maydi. Aralash mulk sohiblari harajatlar va foyda-zararni baham koʻradilar. Amaliyotda Aralash mulkda xususiy, jamoa va davlat mul-klari birlashadi va aralash jamiyatlar paydo boʻladi. Oʻzbekistonda mulkiy islohotlar natijasida1995-yildan boshlab Aralash mulk boʻlgan kor-xonalar yuzaga keldi. Hozirgi davrda ularning keng tarqalgan shakli hissabay mulk ishtiroki turlicha boʻlgan davlat-aksiyadorlik korxonalaridir.1996-yil Aralash mulk korxonalarida mehnat unumdorligi boshqa xoʻjaliklar koʻrsatkichidan 5,6-marta, davlat sektori-dagidan esa 1,2-marta yuqori boʻldi, ammo Aralash mulkning amal qilish doirasi hozircha ancha tor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil