Aqlli qurilma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Smartfonlar, aqlli qurilmalarning eng taniqlilaridan biri

Aqlli qurilma – boshqa qurilmalar yoki tarmoqlarga turli simsiz protokollar (masalan, Bluetooth, Zigbee, Wi-fi, NearLink, Li-Fi yoki 5G) orqali ulangan elektron qurilma hisoblanib, u interfaol va avtonom tarzda ishlashi mumkin. Smartfonlar, aqlli kalonkalar, aqlli avtomobillar, aqlli eshik qo'ng'irog'i, aqlli qulflar, aqlli muzlatgichlar, planshetlar, aqlli soatlar, aqlli bilakuzuklar, aqlli ko'zoynaklar va boshqalar aqlli qurilma hisoblanadi. Ushbu atama keng tarqalgan hisoblashlarning baʼzi xususiyatlari, jumladan mashina oʻrganuvida ham qoʻllanishi mumkin.

Oʻlchamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda Mark Weiser keng tarqalgan hisoblash tizimi qurilmalari uchun asosiy uchta oʻlcham koʻrinishlarini taklif qildi: kichik, oʻrta va katta hajmdagi qurilmalar.[1]

  • Kichik qurilmalar: qoʻlda tutishga qulay qurilmalar (masalan, smartfonlar, aqlli kartalar)
  • Oʻrtacha qurilmalar: qoʻlda ushlab yurishga moʻljallangan, oʻrta hajmli qurilmalar (masalan, noutbuklar)
  • Katta qurilmalar: metr oʻlchamidagi, interfaol ekranli qurilmalar (masalan, gorizontal yuzali kompyuterlar va vertikal aqlli doskalar.

Weiser tomonidan taklif qilingan bu uchta shakl makro oʻlchamli, planar shaklga ega displeylarni oʻz ichiga olgan hisoblanadi va bular ham axborot vositalari sifatida koʻrib chiqildi.[2]

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqlli qurilmalar odatda uskunalar qatlamidan (signallarni uzatuvchi radio), tarmoq qatlamidan (bir-biri bilan aloqa o'rnatuvchi qurilmalar) va amaliy qatlamdan (foydalanuvchilar buyruqlarini yetkazib berish) iborat. Qatlamlar odatda quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi:

  • Tizim apparat va dasturiy ta'minot axborot texnologiyalari resurslari to'plami hisoblanadi. To'plam odatda statik bo'lib, dizayn vaqtida o'rnatiladi.
  • Dinamik komponentlarga yo'naltirilgan resurslar va ba'zi apparat resurslarining plaginlari.
  • Masofadan tashqi servisga kirish va ijro etish.
  • Lokal, ichki avtonom servis ijrosini ta'minlash.
  • Maxsus tashqi muhitlarga kirish huquqi: inson omili, tashqi olam ta'siri va virtual hisoblashlar ta'siri.
  • Aqlli muhit qurilmalari.

Muhitlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aqlli qurilma muhiti atamasi ikkita ma'noga ega. Birinchisi, turli xil qurilmalar muhitiga murojaat qilishi mumkin. Qurilmalarni uch xil muhitga taqsimlash mumkin: [2]

  • Virtual hisoblash muhitlari - aqlli qurilmalarga istalgan joyda va istalgan vaqtda tegishli xizmatlarga kirish imkonini beradi.
  • Jismoniy muhitlar - teglar, sensorlar va kontrollerlar kabi turli xil aqlli qurilmalar bilan o'rnatilishi mumkin bo'lgan muhit. Ular nanodan mikrogacha, makro o'lchamlarga ega bo'lishi mumkin.
  • Inson muhiti: insonlar alohida yoki birgalikda aqlli muhitni tashkil etadilar. Lekin, insonlarning o'zlari mobil telefonlar kabi aqlli qurilmalardan foydalanishlari mumkin.

Ikkinchisi, aqlli qurilma muhiti atamasi qurilmaning jismoniy muhitiga ko'proq e'tibor qaratadigan aqlli muhit tushunchasini anglatishi mumkin. Jismoniy muhit esa aqlliroq hisoblanadi, chunki u bir qismni ham sezadi ham boshqara oladigan aqlli qurilmalar bilan o'rnatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]