Dorixona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Aptekadan yoʻnaltirildi)
Gentdagi eski dorixona, Belgiya
XIV Asr

Dorixona yoki apteka — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, maʼdanli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. Dorixonada toʻsatdan kasal boʻlib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham koʻrsatiladi.

19-asrning 2-yarmida Oʻzbekistonning baʼzi shaharlarida tashkil etilgan gospital va lazaretlar qoshida Dorixonalar boʻlgan. Birinchi rasmiy Dorixona 1874-yil may oyida Toshkent sh.da mahalliy aholi mablagʻi hisobiga ochilgan.

Dorixona muassasalari mulkchilikning shakliga koʻra, aksiyadorlik, jamoa va xususiy Dorixonalarga, i.ch. xususiyatiga koʻra tayyor dori vositalarini sotadigan hamda dori tayyorlab beradigan (retseptga muvofiq), shuningdek, ulgurji savdo qiladigan va kasalxona hamda poliklinikalar qoshidagi Dorixonalarga boʻlinadi.

Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati koʻrsatayotgan chet el vakolatxonalarining subʼyektlari ushbu faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun litsenziyalari boʻlishi shart.chandiqni ketkazadigan dori

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil