Appretlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Appretlash (frans. appreter – uzil-kesil ishlov berish) – gazlamalarga turli pardoz eritmalari (appretlar) 583shimdirib yoki surtib zeb berish, ularni pishiq, yumshoq yoki qattiq qilish. Ip-gazlama, ayniqsa, kanop matolarga kraxmal appretlar bilan ishlov berilganda mato pishiqlashadi, ko‘rkamlashadi. Kraxmal appretlar tarkibiga kraxmal va uning gidrolizidan tashqari yumsha-tuvchi moddalar (yog‘, moy, sovun), gigro-skopik moddalar (glitserin, osh tuzi), gazmolga jilva beradigan moddalar (mum, parafin), antiseptik moddalar (formalin, solitsilat kombinata, mis tuzlari) va boshqa qo‘shiladi. Jun va ipak matolarga ishlov berishda kraxmal o‘rnida pitir go‘shtidan tayyorlanadigan yelim, jelatin va boshqa ishlatiladi.Turli sintetik smolalar qo‘shib ish-lov berilganda mato g‘ijimlanmaydigan; gidrofob bilan ishlov berilganda suv o‘tkazmaydigan; mis va xrom tuzlari eks-trati bilan ishlov berilganda chirimay-digan; surma, titan, qo‘rg‘oshin tuzlari, xlorlangan uglevodorodlar bilan ishlov berilganda yonmaydigan; ftor tuzlari, xlorli preparatlar bilan ishlov berilganda kuya tushmaydigan bo‘ladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil