Apostollar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apostollar (yun. apostolos — elchi; islomda havoriy — shogird, iz-dosh ma’nosida) — ilk xristianlik-ning shakllanish davrida darbadar di-niy targ‘ibotchilar. A. hali ruhoniylar paydo bo‘lmagan davrlarda jamoadan jamoaga ko‘chib targ‘ibot yuritib, xri-stian dinining yoyilishida asosiy rol o‘ynaganlar. Keyinchalik yepiskoplyar paydo bo‘lgach, A. yo‘qolgan. A. nomi faqat Iso Masihning shogirdlari hisoblangan 12 kishidagina (Ioann, Matfey, Pyotr, Pavel, Mark, Iakov, Iuda va boshqalar) saqlanib qolgan. Ularning dinni targ‘ib qilish maqsadida boshqa xalqlar nomiga yozgan xatlari (poslaniya), shuningdek ular-ning faoliyati bayon etilgan "Apostol-larning qilmishlari" kabi asarlar Bibliya rasmiy kanonining "Yangi ahd" qismiga kiritilgan. A. dan Pyotr kato-lik xristianlari tasavvurida cherkov va papalar diniy hokimiyatining asoschi-si hisoblanib, Rim papalari o‘zlarini Pyotr taxtining merosxo‘rlari deb da’-vo qiladilar. Xristianlik tarixi sohasida olib borilgan i.t. natijasida 12 apostolning ko‘pi tarixiy shaxslar emasligi aniqlangan. Ular to‘g‘risida aniq tarixiy ma’lumotlar yo‘q.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil