Apollonia (Sifnos)
Apollonia (shuningdek, Stavri deb ham ataladi[1]) — Gretsiyaning Kiklad orollaridagi Sifnos munitsipalitetida joylashgan qishloq. Bu orolning poytaxti (chora) va eng katta qishlogʻi boʻlib, 2011-yilgi Gretsiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 869 nafar aholiga ega[2]. Apollonia Vathy, Kamares, Kastro, Platys Gialos, Kato Petali, Faros va Chrysopigi qishloqlarini oʻz ichiga olgan omonim munitsipalitetning yetakchisi boʻlib, u yerda jami hisoblanganda 1691 nafar aholi istiqomat qiladi[2]. Qishloq Yunon mifologiyasidagi Apollon xudosi sharafiga nomlangan[1].
Umumiy maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Apollonia Sifnos ichki qismidagi uchta balandlikning tepasida joylashgan. Qishloq qurilishida anʼanaviy siklad meʼmorchiligi katta ahamiyatga ega hisoblanadi[1]. Apolloniada tugʻilgan taniqli shaxslar orasida satirik shoir hamda jurnalist Kleanthis Triantafyllopoulos[3] va Konstantinopollik Gregory VII bor[4]. Qishloqning markaziy maydonida folklor muzeyi joylashgan[1]. Qishloqda, shuningdek, butun orolda keng tarqalgan koʻplab cherkovlar ham mavjud[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Απολλωνία Σίφνος“ (el). e-sifnos. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Απογραφή Πληθυσμού-Kατοικιών 2011 - ELSTAT“. www.statistics.gr. 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Πανδέκτης: Τριαντάφυλλος Κλεάνθης“. pandektis.ekt.gr. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Οἰκουμενικόν Πατριαρχεῖον“. web.archive.org (2012-yil 11-aprel). 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.