Apelsin sharbati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stakanda apelsin sharbati
Qizil apelsin sharbati

Apelsin sharbati apelsin etidan olingan mahsulotdir. „Yangi siqilgan (tabiiy) apelsin sharbati“, „toʻgʻridan-toʻgʻri siqilgan apelsin sharbati“ va „qayta tiklangan apelsin sharbati“ turlari bilan farqlanadi.

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Qayta tiklangan apelsin sharbati" atamasi konsentratlangan sharbatdan tayyorlangan mahsulotga nisbatan qoʻllaniladi. Agar sharbat faqat pasterizatsiya qilinsa va isteʼmolchiga konsentratni olish va suyultirish bosqichlarisiz yetkazib berilsa, u qadoqda (Kanada, Isroil va Amerikada) „Not from Concentrate“/"NfC" („konsentratdan emas“) deb belgi qoʻyiladi[1]. Sanoatda ishlab chiqarilgan va sotiladigan barcha apelsin sharbatlari (yangi siqilgan sharbatlar bundan mustasno) konservalangan. Shu bilan birga, konservalash uchun mahsulot issiqlik bilan ishlov berish — pasterizatsiyadan oʻtkaziladi.

Yangi siqilgan apelsin sharbatlari pasterizatsiya qilinmaydi va shuning uchun saqlash muddati ancha qisqaroq. Yangi siqilgan apelsin sharbatlari konsentratlangan sharbatlardan tayyorlangan sharbatlarga qaraganda foydaliroqdir.

Yangi siqilgan apelsin sharbati odatda qayta tiklangan sharbatga qaraganda qimmatroqdir[1].

2000-yilda apelsin sharbatining jahon ishlab chiqarishi 2,1 million tonnani tashkil etgan. Sharbatning eng katta miqdori AQSH va Braziliyada ishlab chiqarilgan[2].

Salomatlik uchun ahamiyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apelsin sharbati C vitamini (askorbin kislotasi), kaliy, foliy kislotasi (vitamin B9) manbai hisoblanadi. Apelsin sharbatida inson salomatligiga foydali taʼsir koʻrsatadigan flavonoidlar ham mavjud. Sharbat meva etili ham boʻladi.

Apelsin sharbati saratonga qarshi, siydik haydovchi, qon koʻpaytiruvchi samarali vositadir. Shuningdek, u oshqozon sharbati ishlab chiqishini kamaytiruvchi, gipotenziv, anti-sklerotik va gemostatik taʼsirlari bilan ajralib turadi. C va P vitaminlarining yaxshi nisbati qon tomir devorini mustahkamlashga va uning oʻtkazuvchanligini kamaytirishga yordam beradi.

Apelsin sharbati ishtahani yaxshilaydi, oʻt haydovchi va yengil ich surgi taʼsirga ega. Uni sof shaklida isteʼmol qilish xavfli oʻsmalar, anemiya, gipertoniya, ateroskleroz, semirib ketish, shamollash, yuqumli va oʻtkir respirator kasalliklar, past kislotali gastrit, shishlar, ich qotishi, meteorizm, tish milkidan qon ketishining koʻpayishi, boshqa qon ketish turlari, teri kasalliklarini kompleks davolashda qoʻllaniladi.

Sharbat ichayotganda shuni yodda tutish kerakki, och qoringa ichilgan apelsin sharbati oshqozon yoki ichak bilan bogʻliq muammolarni kuchaytirishi, shuningdek, oshqozon buzilishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, bu sharbatning yuqori kislotaliligi tish emaliga zararli taʼsir koʻrsatadi. Sharbatning emalga tegmasligini taʼminlash uchun somoncha choʻpidan foydalanish tavsiya etiladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Экономический фундамент рынка соков“. Отраслевой обзор "Соки и безалкогольные напитки". РосБизнесКонсалтинг. 4-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2014-yil.
  2. „О мировом производстве апельсинового сока за последние три года“. Отраслевой обзор "Соки и безалкогольные напитки". РосБизнесКонсалтинг. 4-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-yanvar 2014-yil.
  3. Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко Апельсин // Кулинарная энциклопедия / Ольга Ивенская. — Litres, 2017. — Т. 1.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Apelsinoviy sok naturalniy // Tovarniy slovar / I. A. Pugachyov (glavniy redaktor). — M.: Gosudarstvennoe izdatelstvo torgovoy literaturi, 1956. — T. I. — Stb. 191—192 — 550 s.
  • Наталья Шинкарёва, Надежда Бондаренко Апельсин // Кулинарная энциклопедия / Ольга Ивенская. — Litres, 2017. — Т. 1.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]