Anush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

AnushShis paygʻambarning oʻgʻli. “Tarixi anbiyo va hukamo”da Anush valiy boʻlgani aytilgan. Xurmo daraxtini ekish, sadaqa berish kabi odatlarni joriy qilgan. Uning davrida xalq farovon yashagan. “Tarixi Jaʼfariy”da Anush davrida Suvod mulkida bir ajdaho paydo boʻlib, odamlarga koʻp zarar yetkazgani, Anush Odam Atodan meros qolgan hassa bilan uni urib oʻldirgani yozilgan. Uch yuz oltmish yil umr koʻrgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Tarixi anbiyo va hukamo".