Antraxinon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antraxinon (yun. anthrax – ko‘mir va hina – kechua xindulari tilida – xinon daraxti po‘stlog‘i), S14N8O2 – aromatik keton; mol.m. 208,20, sargish kristall; suyuqlanish temperaturasi 287°, kay-nash temperaturasi 377°. Anilin, nitrobenzol va issiq toluolda eriydi. A. antratsenni oksidlab yoki ftal kislota angidridiga alyuminiy xlorid katalizatorligida benzol ta’sir ettirib olinadi. U turli reaksiyalarga kirisha oladi, lekin o‘rin almashish reaksiyalariga juda qiyin kirishadi. A. turli oksidlovchilar ta’sirida ishqoriy muhitda alizaringa ay-lanadi. A.da karbonil guruhlar borligi tufayli uning xossalari ketonlar va xi-nonlarning xossalariga o‘xshaydi. A. an-traxinon bo‘yoqlar olishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil