Kontent qismiga oʻtish

Antitezis

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antitezis (yunoncha: antithesis — tezisga zid) — mantiqda, xususan, isbotlash nazariyasida dastlabki asosiy fikrga zid bayon qilingan mulohaza. Antitezisda teskari fikr toʻgʻri deb faraz qilinadi va isbotlashda qoʻllanadi (qarang Isbot). Falsafada antitezis dialektik taraqqiyot jarayonining muayyan bir bosqichi, avvalgi asosiy holatning (tezisning) oʻz-oʻzidan inkor etilishi. Ammo, antitezis mutlaq inkor emas, balki u tezisning maʼlum bir tomonini inkor etib, uning ijobiy mazmunini oʻzida saqlaydi va taraqqiyotni yuqoriroq bosqichga koʻtaradi. Bu bosqich inkorni inkor yoki sintez deb ataladi. Antitezis uch bosqichli rivojlanish (triada)ning tarkibiy qismi sifatida birinchi marta Gegel tomonidan talqin qilingan.

Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil