Antipirenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antipirenlar (anti ... va yun. rug -olov) – yog‘och, mato va boshqa organik materiallarni o‘z-o‘zidan yonib ketishdan himoya qilish maqsadida ularga shimdiriladigan modda yoki aralashmalar. A. ta’sir xususiyatlariga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi: 1) quyi temperaturalarda zich suyuq parda hosil qilib materialning yonishi uchun zarur bo‘lgan kislorod yo‘lini to‘suvchi A.; 5552) qizdirilganda materialning o‘z-o‘zidan yonish jarayonini susaytiruvchi A.; 3) parchalanib, ko‘p miqdordagi issiqlikni yutuvchi va yonmaydigan gazlar hosil qiluvchi A.; 4) gaz holidagi va kondensirlangan fazalarda oksidlanishni susaytiruvchi A.; 5) reaksiya yo‘nalishini kul va qurumsifat mahsulotlar hosil bo‘lish tarafiga o‘zgartiruvchi A. Ammoniy fosfatlari (diammoniy fosfat, monoammoniy fosfat, mono- va diammoniy fosfat aralashmalari), ammoniy sulfat, bura va borat kislota kabi A keng tarkalgan. Amaliyotda yuqorida keltirilgan A. qatorida endigina boshlangan alangadan himoya qiluvchi moddalar: DSK-P (diammoniy fosfat, ammoniy sulfat va kerosinli kontakt), PPL – potash va kerosinli kontakt asosidagi suyukliklar, Fanlar AkademiyasiM – mochevina – formaldegid smola ko‘shilgan furfurol-atseton aralashma asosidagi bo‘yoq, PXVO – perxlorvinil smola asosidagi, MXS – xlorparafin va boshqa komponentlar asosidagi moysimon; superfosfat – ohaq – loy va boshqa asosidagi surkov moylari ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil