Antinomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antinomiya (yunoncha: antinomia — qonunning ichki ziddiyati) — mantiqiy isbotlanadigan ikki qonun, mulohaza yoki xulosa oʻrtasidagi ziddiyat. Qad. dunyo mutafakkirlari asarlarida A. aporiya shaklida ishlatilgan. 18-asrda A. haqidagi taʼlimotni Kant ishlab chiqdi. Uningcha, inson aqli olamning mohiyatini bilmoqchi boʻlsa, bir-biriga zid boʻlgan xulosalarga keladi. Kant fikricha, shu tarzda toʻrtta A. vujudga keladi: 1. Olam chekli va cheksiz. 2. Har bir murakkab javhar — substansiya od-diy narsalardan tuziladi va hech qanday oddiy narsa yoʻq. 3. Olamda erkinlik mavjud va determinizm hukmronpik ke-ladi. 4. Olamning bosh sababchisi (xudo) mavjud va olamning bosh sababchisi yoʻq. Kantning bu taʼlimoti agnostitsizm bilan bogʻlangan. A. real olamning dialektik ziddiyatga ega ekanligini ifodalaydi. 554

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil