Antimodda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antimodda – antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinu-klonlar antiyadroni, antiyadro bilan anti-elektronlar (pozitronlar) antiatomni, anti-atomlar antimolekulani hosil qiladi va hokazo Shu ravihda antizarralardan hosil bo‘lgan turlicha antijismlar, antiyulduzlar, antigalaktikalar mavjud bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Anti-elektron, antiproton, antineytron va boshqa ayrim antizarralar ko‘plab tajribalarda aniqlandi. Antiproton bilan bir anti-neytrondan tashkil topgan antivodorod yadrosi va ikki antiproton bilan anti-neytrondan tashkil topgan antigeliy yadrosi borligi ham o‘gkazilgan tajri-balarda ma’lum bo‘ldi. Materiya va modda tushunchalari aynan tushunchalar emas. A. kabi modda ham materiya shakllaridan biri. Modda elektron, proton, neytron singari zarralardan tashkil topgan atom va molekulalar to‘plamidan iborat. Ma-teriyaning modda shaklida yashashi fanga ko‘pdan ma’lum. Materiyaning A shaklida yashashi faqat 20-asr dagina aniqlandi. Yer yuzasi yoki kosmos mikyosida modda bilan Aning o‘zaro ta’siri, jumladan, ularning annigilyatsiji natijasida rr beri-shi mumkin bo‘lgan katta energiyali turli hodisalarni o‘rganish kelajak fizikasining muhim masalalaridandir.Atom va antiatom to‘qnashishda juft elektron-pozitronlarning, shuningdek, nuklon va antinuklonlarning shiddat-li annigilyatsiya jarayonlari yuz beradi. Barcha mazkur jarayonlar natijasida kat-ta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Hozirchalik fan annigilyatsiya energiya-sidan foydalanishning samaraliligi haqida fikr yuritish imkonini bera oladigan darajada yetarli dalillarga ega emas. Bu energiyaning ko‘p qismi ney-trino oqimiga hamda moddalar bilan suct o‘zaro ta’sirda bo‘ladigan g‘oyat qisqa to‘lqinli gamma-nurlarga to‘g‘ri keladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, annigilyatsiyaning barcha energiyasidan to‘liq foydalanishga yaqin vaqtlarda eri-shish ehtimoddan uzoq. Agar haqiqatan bu g‘oya amalga oshadigan bo‘lsa, inson g‘oyat bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega bo‘ladi. Zotan, 1 kg modda va A.ning to‘liq o‘zaro ta’sirida ajralib chiqadigan energiya 3 milliard tonna toshko‘mir yon-ganda olinadigan energiyadan 3 milliard marta, shuncha miqdordagi uranning atom reaktorida "yonishi"dan hosil bo‘ladigan energiyadan esa ming marta ziyod bo‘ladi.Ad.: Shirokov Yu. M., Yudin N. P., Yadernaya fizika, M., 1972; Bekjonov P. B., Modda tuzilishi, T., 1997.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil